Ushbu bo'limda biz foydalanuvchidan ma'lumotlarni qabul qilishni o'rganamiz. Sahifada ma'lumotlarni kiritish uchun ism va emailni kiritish uchun shakl bor. Sahifada kiritilgan ma'lumotlar tasdiqlanishi uchun ko'rsatiladi.
Shu maqsadga erishish uchun biz bitta amal va ikkta ko'rinish yasashdan tashqari model yaratasiz.
Ushbu qo'lanmada siz quydagilarni o'rganasiz:
Fayl models/EntryForm.php
da EntryForm
pastda ko'rsatilganidek klassini yarating. U foydalanuvchidan kelgan ma'lumotlar saqlash uchun ishlatiladi. Klasslarni nomlari haqida siz
«Klasslarni avtoyuklanishi» bo'limida o'qishingiz mumkin.
<?php
namespace app\models;
use yii\base\Model;
class EntryForm extends Model
{
public $name;
public $email;
public function rules()
{
return [
[['name', 'email'], 'required'],
['email', 'email'],
];
}
}
Ushbu klass quydagi klassni kengaytiradi yii\base\Model, u esa frameworkni bir qismi hisoblanadi va oddatda shakl ma'lumotlari bilan ishlaydi.
Klass 2-ta ochiq hossa name
va email
iborat, ular foydalanuvchilar ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi.
uni yana rules()
usuli bor, u esa ma'lumotlarni saqlash qoidalarini (tartibini) yozib o'tadi. Yuqorida yozilgan qoidalar quydagicha ta'riflasa bo'ladi:
name
vaemail
to'ldirilishi shart;email
ma'lumoti email bo'lishi shart.Agar EntryForm
nusxasi (obyekt) ma'lumotlar bilan to'ldirilgan bo'lsa, kiritilgan ma'lumotlarni kiritilgan ma'lumotlar ma'lumot qoidalari talabiga to'g'ri kelishini validate() tekshirishingiz mumkin. Agar ma'lumotlar tekshirishdan o'tmasa hasErrors
xossasi true
ga teng bo'lib qoladi. Ushbu xossa: errors orqali siz qanaqa xatolar borligini ko'rishingiz mumkin.
Endi esa huddi pastda ko'rsatilganidek site
nazoratchisi ichida entry
amalini yarating.
<?php
namespace app\controllers;
use Yii;
use yii\web\Controller;
use app\models\EntryForm;
class SiteController extends Controller
{
// ...yaratilgan kod...
public function actionEntry()
{
$model = new EntryForm();
if ($model->load(Yii::$app->request->post()) && $model->validate()) {
// $model ichidagi ma'lumotlar tekshirishdan muvaffaqiyatli o'tgan
// endi esa biror $model bilan mantiq...
return $this->render('entry-confirm', ['model' => $model]);
} else {
// Sahifaga kirilgan holatda yoki hato mavjud bo'ganida
return $this->render('entry', ['model' => $model]);
}
}
}
Amal EntryForm
nusxasini yaratadi. Keyin esa u $_POST
dan kelgan ma'lumotlar bilan modelni to'ldirayapti, u ma'lumotlar Yiida
yii\web\Request::post() usulu orqali olinadi. Agar model muvaffaqiyatli to'ldirilsa, foydalanuvchi ma'lumotlarni shakldan foydalanib
jonatib ma'lumotlar shu orqali kelganini nazarda tutayapmiz, keyin ma'lumotlar tekshirish uchun validate()
usuli ishlatilayapti.
Agar hammasi yaxshi o'tsa, amal entry-confirm
ko'rinishini qaytaradi, u esa foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotlarini ko'rsatadi.
Aks holda esa entry
ko'rinishi qaytariladi, u esa HTML-shaklni va xatolarni chiqarib beradi, agar ular bor bo'lsa.
Ma'lumot uchun:
Yii::$app
yagona global xossasi Yiining nusxasini o'z ichiga oladi ilova (singleton). Bir vaqtni o'zida u Service Locator ham hisoblanadi, undan esa quydagi komponentlar bilan foydalanish mumkinrequest
,response
,db
va boshqa. Yuqorida ko'rsatilgan kodda$_POST
massivini qabul qilish uchun bizrequest
komponentini ishlatdik.
Yakunda biz entry-confirm
va entry
ko'rinishlarini yaratamiz, ular esa yuqorida yozilgan entry
amali orqali ma'lum bir xolatlarda qaytariladi.
Ko'rinish entry-confirm
kiritilgan email va ismni ko'rsatadi. U views/site/entry-confirm.php
fayli ichiga saqlangan bo'lishi kerak.
<?php
use yii\helpers\Html;
?>
<p>Siz quydagi ma'lumotlarni kiritingiz:</p>
<ul>
<li><label>Name</label>: <?= Html::encode($model->name) ?></li>
<li><label>Email</label>: <?= Html::encode($model->email) ?></li>
</ul>
Ko'rinish entry
HTML-shaklni yasaydi. U quydagi faylga saqlangan bo'lishi kerak views/site/entry.php
.
<?php
use yii\helpers\Html;
use yii\widgets\ActiveForm;
?>
<?php $form = ActiveForm::begin(); ?>
<?= $form->field($model, 'name') ?>
<?= $form->field($model, 'email') ?>
<div class="form-group">
<?= Html::submitButton('Jonatish', ['class' => 'btn btn-primary']) ?>
</div>
<?php ActiveForm::end(); ?>
HTML-shaklni yasash uchun juda mukammal vidjet ActiveForm ishlatilmoqda.
Quydagi usular begin()
va end()
shaklni ochilish va yopilish teglarini yasaydi. Bular orasida esa ma'lumotlar kiritilishi uchun
kerak bo'lgan maydonlar field() yaratilmoqda . Birinchi "name", ikkinchisi esa "email".
Keyin esa shaklni ma'lumotlarni jonatish uchun tugma yasalishiga javob beradigan usul yii\helpers\Html::submitButton() chaqirilmoqda.
Ish jarayonida yaratilgan bor narsani ko'rish uchun, browserni ochib quydagi URLni kiritaylik:
http://hostname/index.php?r=site%2Fentry
Siz ikkta maydoni o'z ichiga olgan shaklni ko'rishingiz mumkin. Har bir maydon oldida esa yorlig' bor, u yorlig'lar, qanaqa ma'lumotlar kiritilishi kerak bo'lishi haqida ma'lumot saqlaydi. Agar siz ma'lumotlarni kiritmasdan jonatish tugasiga bosangiz yoki email noto'g'ri kiritsangiz, siz har bir maydon oldida hatolarni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Ma'lumot kiritilib jonatilgandan so'ng esa, siz hozirgina kiritilgan ma'lumotlar sahifasini ko'rasiz.
Siz, bu HTML-shakl aslida qandey qilib ishlayotganini haqida savollar borligi bo'lishi mumkin. Butun jarayon ozgina murakkab ko'rinishi mumkin: maydonlar oldida yorlig'lar, ma'lumotlar noto'g'ri kiritilganda hatolar va bularni hammasi sahifa qayta yuklanmasdan ishlayotganiga ajablanishingiz mumkin.
Ha albatta, ma'lumotlar tekshirishi aslida Javascript tarafida ham Serverda ham amalga oshirilmoqda.
yii\widgets\ActiveForm judda yaxshi o'langan, siz EntryForm
da kirigan qoidalarni olish uchun.
Ularni Javascript kodga aylantirib va tekshirish jarayonida ishlatiladi. Agar browserda Javascript o'chsa tekshirish
server tarafda ham actionEntry()
usulida ko'rsatilganidek o'tmoqda. Bu esa foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotlar ishonchli ekanliginini ko'rishimiz mumkin.
Moydonlar uchun yasalgan yorlig'lar xossalar nomlari assosida quydagi usul field()
orqali yaratilmoqda. Misol uchun, yasalgan Name
yorlig'i name
xossasi uchun shaklangan. Siz yorlig'larni quydagicha o'zgartirishingiz mumkin:
<?= $form->field($model, 'name')->label('Sizning ismingiz') ?>
<?= $form->field($model, 'email')->label('Sizning elektron qutingiz') ?>
Ma'lumot uchun: Yiida juda ham ko'p vidjetlar bor, ular sizga tez va murakkab ko'rinishlarni yasashga yordam beradi. Vijetlarni yasash judda oson va sodda ekanligini keyin (oldinda) bilishingiz mumkin. Ko'rinishdagi narsalarni ko'p narsani vijetlarga chiqarsa bo'ladi, nimaga? keyinchalik ham boshqa joylarda ishlatish uchun, bu esa ishni soddalashtiradi.
Bu bo'limda siz MVC-arxitekturasidagi xar bir qismini ishlatib ko'rdingiz.Siz foydalanuvchidan kelgan ma'lumotlarni qabul qilib tekshirish uchun, model klasslarini yaratishni o'rgandingiz.
Shuningdek, siz foydalanuvchidan ma'lumotlarni qabul qilish va ularni ko'rsatishni o'rgandingiz. Aslida bu ish jarayonida ma'lum bir vaqtni talab qilishi mumkin. Yii esa juda mukammal vidjetlarni taqdim qiladi, ular esa sizga ish jarayonini tezlashtirishni yordam beradi.
Keyingi bo'limda siz ma'lumotlar ombori bilan ishlashni o'rganasiz, bu esa juda ko'p ilovalarda talab qilinadi.
Found a typo or you think this page needs improvement?
Edit it on github !
Signup or Login in order to comment.