Yii – bu tez ishlovchi komponentli PHP freymvork bo'lib, zamonaviy web ilovalarni tez yaratish uchun mo'ljallangan. Yii (Yi
[ji:]
kabi talaffuz qilinadi) so'zi xitoy tilida "oddiy va evolyutsiyalovchi" degan ma'noni anglatadi. Shuningdek Yii akronim sifatida qaralganda uning yoyilma matni Yes It Is tarzida qaralishi ham mumkin!
Yii – bu universal freymvork va uni barcha turdagi web ilovalar uchun qo'llash mumkin. Uning komponentli strukturasi va keshlashni juda zo'r qo'llab-quvvatlashi evaziga freymvork asosan portallar, forumlar, CMS, magazinlar yoki RESTful ilovalar kabi katta proyektlar uchun qo'l keladi.
Yii — bir odamning loyihasi emas. U unga yordam berayotgan ishlab chiquvchilar katta jamoasi tomonidan qo'llab quvvatlanadi va rivojlantiriladi. Freymvork ishlab chiquvchilari web ishlab chiqish va boshqa ilovalarni maromini kuzatishadi. Ko'proq mos keluvchi imkoniyatlar va eng yaxshi sinalgan amaliyotlar freymvork sodda va elegantli interfeysi tarzida qo'llaniladi.
Ayni vaqtda Yii ning ikkita yo'nalishi mavjud: 1.1 va 2.0. 1.1 yo'nalishi avvalgi avlod hisoblanadi va qo'llab quvvatlash holatida. 2.0 talqini - bu Composer, PSR, nomlar sohasi, treytlar(traits) va boshqa shular kabi ko'pgina oxirgi texnologiyalarni va qaydnomalarni qo'llovchi Yii ning to'liq boshqatdan yozilgan talqini. Mana shu talqinda navbatdagi yillarda uni yanada kuchaytirish nazarda tutilgan. Ushbu qo'llanma aynan 2.0 talqin haqida.
Yii 2.0 PHP 5.4.0 va undan yuqorisini talab qiladi. Boshqa imkoniyatlar uchun talablarni bilish uchun har bir alohida yo'lga qo'yilgan freymvork bilan birga mos o'rnatilgan talablar tekshiruv skriptini ishga tushirishingiz mumkin.
Freymvork to'liq obektga mo'ljallangan dasturlashga (OMD) asoslanganligi bois Yii da ishlash uchun OMD ni umumiy tushunish talab etiladi. Shuningdek, PHP ning zamonaviy imkoniyatlari bo'lmish nomlar soxasi va treytlar ni o'rganish talab etiladi.
Found a typo or you think this page needs improvement?
Edit it on github !
Signup or Login in order to comment.